Barcha yangiliklar
🔰Bepul dori-darmon bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Gallery image 255490
Gallery image 255491
Gallery image 255492
Gallery image 255493
Gallery image 255494
Gallery image 255495
Gallery image 255496
Gallery image 255497
Gallery image 255498
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
30 Sen 2026
17:52

🔰Bepul dori-darmon bilan ta’minlash holati o‘rganildi

#deputat_faoliyati

🔰Bepul dori-darmon bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Murg‘ak” mahallasida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida ehtiyojmand fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash, belgilangan tartibda imtiyozli dori-darmonlarni yetkazib berish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, dori-darmon olishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
🔵Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.
🔵Aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt