Barcha yangiliklar
Yoyilma mahallasida oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi
Gallery image 255449
Gallery image 255450
Gallery image 255451
Gallery image 255452
Gallery image 255453
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Sen 2026
17:46

Yoyilma mahallasida oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi

Yoyilma mahallasida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida “Gold Start” oilaviy korxonasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Mazkur manzilda Rustamov Iqboljon tomonidan suv ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonada ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Korxonada 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.

O‘rganish davomida korxonaning faoliyat yuritishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish masalalari deputatlik nazorati doirasida nazarda tutildi.