Barcha yangiliklar
“Nurafshon” mahallasida ko‘cha infratuzilmasi o‘rganildi
Gallery image 255344
Gallery image 255345
Gallery image 255346
Gallery image 255347
Gallery image 255348
Gallery image 255349
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
30 Sen 2026
17:00

“Nurafshon” mahallasida ko‘cha infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, obodonlashtirish va infratuzilma holatini yaxshilashga qaratilgan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalar va fuqarolar uchun mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, Firdavsiy, Ahillik va Obiravon ko‘chalari kesishmasida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur hududdagi mavjud holat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ko‘cha kesishmasini tegishli tartibda ta’mirlash va obodonlashtirish orqali aholiga yanada qulay sharoit yaratish masalasiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, muammoni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan muammoni amaliy jihatdan hal etish maqsadida Qo‘qon shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi. Deputatlik so‘rovida mazkur hududdagi ta’mirlash ishlarini tashkil etish va mavjud muammoni bartaraf etish masalasini ko‘rib chiqish so‘raladi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi. So‘rov natijalari va mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar o‘rganilib, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan ishlarning ijrosi nazorat qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi