Barcha yangiliklar







NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
29 Sen 2026
00:00
“Birlashgan” mahallasida kambag‘al oilalar xonadonbay o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida har bir oilaning mavjud muammolari, ehtiyoj va imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Shuningdek, xonadonbay o‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaat va takliflariga alohida e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni joyida hal etish, oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy ishlar kuchaytirilmoqda.
Bunday xonadonbay yondashuv har bir oilaning individual holatini chuqur o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.