Barcha yangiliklar
Ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Gallery image 255184
Gallery image 255185
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
30 Sen 2026
16:36

Ichki yo‘llar holati o‘rganildi

#Paxtakor_tumani_Kengashi
#Deputatlar_faoliyati
#ish_reja_ijrosi

❗️Ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi, deputat Sh.Suvonqulov o‘z saylov okrugi hududida fuqarolardan ichki yo‘llar holati yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarning mavjud holati, ta’mirtalab qismlari va aholiga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan muloqotda yo‘llar bilan bog‘liq muammo va takliflar tinglandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan tegishli vazifalar belgilandi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.