Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Gallery image 255173
Gallery image 255174
Gallery image 255175
Gallery image 255176
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
05 May 2026
16:31

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi bosh mutaxassisi N. Arislanovning 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida 1-chorakda mahallalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi hamda muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan hisobot tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash hamda nazorat qilish mas’ul shaxslarga yuklatildi.

👉 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan tizimli nazorat olib borilmoqda.