Barcha yangiliklar
Deputatlar korxona faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 30791
Gallery image 30792
Gallery image 30793
Gallery image 30794
IRISKULOV OBIDJON SAYFULLAYEVICH
04 Mar 2025
10:34

Deputatlar korxona faoliyati bilan tanishdi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Noiba Inoyatova, Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati, Xalima Sattorova hamrohligida "Bunyodkor" mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan
ishlar bilan tanishdi.
 

Asosiy faoliyati paxta to’qimachilik klasteri, paxta xom ashyosidan tola va chigitni ajratib olish, urug’lik chigitni kimyoviy tuksizlantirish, chigit mahsulotini qayta ishlash, yog’ moy ishlab chiqarish, paxta tolasini qayta ishlab kalava ip ishlab chiqarish, trikotaj va to’qimachilik matolari to’qish, tayyor mahsulot tikishdan iborat. 

1500 dan ortiq aholini ish bilan ta’minlagan korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Germaniya, Italiya, Polsha, Turkiya, Pokiston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Shuningdek, ichki bozorga chiqariladi, korxonada bir martalik sellofan paketlarning o’rnini bosuvchi sumkalar ishlab chiqarilmoqda.