Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 255094
Gallery image 255095
Gallery image 255096
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
30 Sen 2026
16:15

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TADBIRKORLIK FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILGAN

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi davlat ta’minotidagi oila vakili M.S. bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaroning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroga “Foodtrak” loyihasi orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun foodtrak berilgani hamda ayni vaqtda undan samarali foydalanib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.

Mazkur ishlar orqali fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromad manbasini yaratish va oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar izchil davom ettirilmoqda.