Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 255081
Gallery image 255082
Gallery image 255083
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
30 Sen 2026
16:13

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

PIYODALAR YO‘LAKCHASI QURILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida piyodalar yo‘lakchalarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hududni obodonlashtirish hamda ko‘p qavatli uylar atrofidagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.