Barcha yangiliklar
Deputat Toshmatova Hakimaxon Rahimjonovna tashabbusi bilan yoshlar sporti rivojiga yana bir qadam
Gallery image 255000
Gallery image 255001
Gallery image 255002
Gallery image 255003
Gallery image 255004
Gallery image 255005
Gallery image 255006
Gallery image 255007
Gallery image 255008
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
02 May 2026
15:56

Deputat Toshmatova Hakimaxon Rahimjonovna tashabbusi bilan yoshlar sporti rivojiga yana bir qadam

📌 Deputat Toshmatova Hakimaxon Rahimjonovna tashabbusi bilan yoshlar sporti rivojiga yana bir qadam

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati TOSHMATOVA Hakimaxon Rahimjonovna tashabbusi bilan yoshlar sportini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12–Dambog‘ saylov okrugidagi “Dambog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlar o‘rtasida futbol sport musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda jamoaviylik va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, faol va iqtidorli yoshlar aniqlandi. G‘olib va sovrindor jamoalar munosib rag‘batlantirildi.

📍 Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish — ustuvor vazifalardan biridir.