Barcha yangiliklar
#biriktirilgan_tashkilot #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati #Yangi_maktab
Gallery image 254957
Gallery image 254958
Gallery image 254959
Gallery image 254960
Gallery image 254961
Gallery image 254962
Gallery image 254963
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Sen 2026
15:32

#biriktirilgan_tashkilot #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati #Yangi_maktab

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasida barpo etilayotgan 990 o‘rinli zamonaviy maktab binosi qurilishi jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputat va mutaxassislar qurilish shtabida obyektning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, bosh rejasi hamda qurilish pasporti bilan atroflicha tanishdilar. Mahsulot va ishlar sifatini ta’minlash, qurilish sur’atlarini belgilangan grafik asosida olib borish hamda mas’ul pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, qurilish maydonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, qurilish materiallarining sifati, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda og‘ir texnikalar va kran uskunalarining uzluksiz ishlashi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur muassasa foydalanishga topshirilgach, mahalla yoshlarining zamonaviy sharoitlarda va sifatli ta’lim-tarbiya olishiga xizmat qilishi ta’kidlanib, obyektni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda jarayon deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz