Barcha yangiliklar
Mahallada tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Gallery image 254722
Gallery image 254723
Gallery image 254724
Gallery image 254725
RUZIYEV VOXIDJON SHERMAMATOVICH
28 Sen 2026
00:00

Mahallada tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova tomonidan Qoramang‘it mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning faoliyati bilan tanishildi.

📌 O‘rganish davomida tadbirkorning faoliyat yo‘nalishi, ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Shuningdek, mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.