Barcha yangiliklar
Yoshlar yetakchisi faoliyati va hududdagi tadbirkorlik yo‘nalishlari o‘rganildi
Gallery image 254659
Gallery image 254660
Gallery image 254661
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
01 May 2026
10:27

Yoshlar yetakchisi faoliyati va hududdagi tadbirkorlik yo‘nalishlari o‘rganildi

 Yoshlar yetakchisi faoliyati va hududdagi tadbirkorlik yo‘nalishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev tomonidan 25-Yuksalish saylov okrugi hududidagi “Uchqun” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, hududda tashkil etilgan mebelchilik yo‘nalishlari, ularning ishlab chiqarish quvvati, bandlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda hududdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.