Barcha yangiliklar
SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR VA AMALIY YECHIM
Gallery image 254613
Gallery image 254614
Gallery image 254615
Gallery image 254616
Gallery image 254617
Gallery image 254618
Gallery image 254619
Gallery image 254620
Gallery image 254621
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
30 Apr 2026
10:04

SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR VA AMALIY YECHIM

SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR VA AMALIY YECHIM

Kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev tomonidan 25-Yuksalish saylov okrugi hududidagi “Uchqun” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning yechimini tezkor va samarali ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam masalalari, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli idoralarga yo‘naltirildi. Ushbu sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammolariga e’tibor qaratish hamda amaliy natijadorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.