Barcha yangiliklar







MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
30 Sen 2026
08:43
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasida Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M. Abdukadirov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zMTDP a'zosi Mavlonov Azam Qarshiyevich ham ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, har bir masala atroflicha o‘rganildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ul xodimlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.