Barcha yangiliklar
Workout maydonchasidagi mavjud muammolar o‘rganildi
Gallery image 254396
Gallery image 254398
Gallery image 254399
Gallery image 254400
Gallery image 254401
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
29 Sen 2026
19:37

Workout maydonchasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan navbatdagi o‘rganishlar davomida mahallada tashkil etilgan workout maydonchasi bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida workout maydonchasidagi qurilish ishlarining to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi, shuningdek, maydoncha atrofini asfaltlashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masalalarni ijobiy hal etish, yoshlar uchun yaratilgan sport infratuzilmasidan to‘laqonli foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Deputat tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun zamonaviy va qulay sport sharoitlarini yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi