Barcha yangiliklar
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Gallery image 254251
Gallery image 254252
Gallery image 254253
Gallery image 254254
Gallery image 254255
Gallery image 254256
Gallery image 254257
Gallery image 254258
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
29 Sen 2026
19:00

Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

#deputat_faoliyati

Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Pochchoyi” mahallasida Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning salomatlik holati tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, sog‘liq bilan bog‘liq murojaatlar tinglanib, fuqarolarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Aholining, ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur kabi tadbirlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt