Barcha yangiliklar
XONADONLARDA AHOLI BANDLIGI VA DAROMAD MANBALARI O‘RGANILISHI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 254053
Gallery image 254054
Gallery image 254055
Gallery image 254056
Gallery image 254057
Gallery image 254058
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
29 Sen 2026
17:03

XONADONLARDA AHOLI BANDLIGI VA DAROMAD MANBALARI O‘RGANILISHI DAVOM ETMOQDA

    Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Marmarobod mahallasidagi xonadonlarga kirib, oilalarning yashash sharoiti, bandlik holati va daromad manbalarini bevosita o‘rgandi.

    O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, xonadonlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.