Barcha yangiliklar
“MUHANDIS OLIMALAR — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING POYDEVORI”
Gallery image 253987
Gallery image 253988
Gallery image 253989
Gallery image 253990
Gallery image 253991
Gallery image 253992
Gallery image 253993
Gallery image 253994
Gallery image 253995
Gallery image 253996
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
23 Sen 2026
16:23

“MUHANDIS OLIMALAR — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING POYDEVORI”

“MUHANDIS OLIMALAR — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING POYDEVORI”

22-sentabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida “Muhandis olimalar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K.Muxitdinova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar “Olima” uyushmasi, Toshkent davlat texnika universiteti “Olima” uyushmasi, oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar maslahat kengashlari rahbarlari va vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, olima ayollar, yosh tadqiqotchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ekologiya, muqobil energetika, axborot texnologiyalari, muhandislik xavfsizligi, oziq-ovqat texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, metallurgiya va boshqa yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlari hamda amaliy ishlanmalarini taqdim etdilar.

Forum davomida yosh olimalarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, tajriba almashish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda ularning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Forum yosh olimalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning ilmiy-innovatsion faolligini yanada oshirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.