Barcha yangiliklar
🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi
Gallery image 253960
Gallery image 253961
Gallery image 253962
Gallery image 253963
Gallery image 253964
Gallery image 253965
Gallery image 253966
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
29 Sen 2026
16:14

🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi

#HAFTALIK_ISH_REJA

#24_ta_masala

🩺 Sayrob mahallasida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi

👩‍⚕️ Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-“Sayrob” saylov okrugidan saylangan deputat, 8-sonli oilaviy poliklinika mudirasi Vohidova Barno Primqulovna tomonidan Sayrob mahallasi fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat tashkil etildi.

🏥 Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, mavjud shikoyatlari tinglandi hamda zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

❤️ Shuningdek, kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va fuqarolarning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aholiga bunday tibbiy xizmatlarning mahallaning o‘zida tashkil etilishi fuqarolar, ayniqsa tibbiy ko‘rikka ehtiyoji bo‘lgan aholi uchun qulaylik yaratmoqda.

🌿 Maqsad — Sayrob mahallasi fuqarolarini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ularning salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni barvaqt aniqlashga ko‘maklashish.