Barcha yangiliklar
“Umid” mahallasida asfaltlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Gallery image 253922
Gallery image 253923
Gallery image 253924
Gallery image 253925
Gallery image 253926
Gallery image 253927
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
25 Sen 2026
15:52

“Umid” mahallasida asfaltlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi

“Umid” mahallasida asfaltlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, 11-Umid saylov okrugi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlarida ishtirok etdilar.

🔎 Tashrif davomida hududdagi yo‘lning asfaltlashtirilish jarayoni, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

👥 Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bevosita joyida kuzatilib, mas’ullarga yo‘l ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🏘 Bunday amaliy ishlar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obod qilish va aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishga xizmat qiladi.