Barcha yangiliklar
Hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 253900
Gallery image 253901
Gallery image 253902
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Sen 2026
15:49

Hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-At-Termiziy saylov okrugi deputati B. Umarov hamda kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan At-Termiziy MFY hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchalari, o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlari va aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlarning hudud obodonchiligi, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.