Barcha yangiliklar
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xatlov ishlari o‘rganildi
Gallery image 253870
Gallery image 253871
Gallery image 253872
Gallery image 253873
Gallery image 253874
Gallery image 253875
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Sen 2026
15:47

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xatlov ishlari o‘rganildi

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xatlov ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Termiz tumanidagi “Kambag‘allik va bandlik masalalari bilan ishlash” shtabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida 1-bosqichda tumandagi 1 258 ta oila to‘liq xatlovdan o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda 2-bosqichda 2 182 ta oilani xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha 11 kishidan iborat tuman shtabi faoliyat olib bormoqda.

Hududlarda xonadonlar bo‘yicha to‘liq xatlov o‘tkazish uchun so‘rovnomalar tarqatilib, ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” tizimiga kiritish ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, shtab a’zolari tumandagi 30 ta mahallaga biriktirilib, xonadonlarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda oilalarning bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Deputatlar tomonidan xatlov jarayonining amalda qay darajada tashkil etilgani, ma’lumotlarning haqqoniyligi va aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.