Barcha yangiliklar
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Gallery image 253828
Gallery image 253829
Gallery image 253823
Gallery image 253824
Gallery image 253825
Gallery image 253826
Gallery image 253827
Gallery image 253830
Gallery image 253831
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
28 Apr 2026
15:38

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Namangan shahar hokimligi tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi sayyor qabul “G‘isht ko‘prik” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov fuqarolarning murojaatlarini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini atroflicha tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim fuqarolarning masalalari joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi, fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.