Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 253809
Gallery image 253810
Gallery image 253811
Gallery image 253812
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
28 Apr 2026
15:33

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I-choragi davomida Namangan shahrida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan amalga oshirgan faoliyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi.



Mazkur yig‘ilish davomida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati, aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish choralari va bu borada olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.