Barcha yangiliklar
Aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Gallery image 253796
Gallery image 253797
Gallery image 253798
Gallery image 253799
Gallery image 253800
Gallery image 253801
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
28 Apr 2026
15:27

Aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan Namangan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, deputatlar S. Gapparova, Sh. To‘rabayeva hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdi. O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni bandlikka jalb etish borasidagi chora-tadbirlar batafsil tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mas’ul mutasaddilarga faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlashni kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

✔️ Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar ustidan tizimli nazorat davom ettiriladi.