Barcha yangiliklar
102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi
Gallery image 253789
Gallery image 253790
Gallery image 253791
Gallery image 253792
Gallery image 253793
Gallery image 253794
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
29 Sen 2026
15:27

102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi

102-DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva, okrug deputati N.Kamalova hamda mas’ullar ishtirokida Olmazor tumanidagi 102-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirish jarayoni o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi tumanda o`rganildi

Tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ovqatlanish sharoitlari, taomnomalarning belgilangan talablar asosida shakllantirilishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holatlariga e’tibor qaratildi.

🥗 Shuningdek, bolalarga berilayotgan taomlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, oshxona va yordamchi xonalarning sanitariya holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlari hamda ovqat tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

👧🧒 Bolalar salomatligi — doimo e’tiborimiz markazida!