Barcha yangiliklar
Aholi turmush farovonligini oshirishda deputatlik nazorati
Gallery image 253782
Gallery image 253783
Gallery image 253784
Gallery image 253785
Gallery image 253786
Gallery image 253787
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
28 Apr 2026
15:24

Aholi turmush farovonligini oshirishda deputatlik nazorati

Aholi turmush farovonligini oshirishda deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 10-Ma’rifat saylov okrugi deputati A. Rahmatullayev tomonidan “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hududdagi Qo‘qon ko‘chasida mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hudud infratuzilmasi holati, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlaridagi kamchiliklar, obodonlashtirish hamda sanitariya masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilandi. Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, ularning tizimli va o‘z vaqtida hal etilishi qat’iy nazorat qilinadi.

✔️ Aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarda mavjud muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.