Barcha yangiliklar
MUAMMO MASʼULLAR EʼTIBORIGA YETKAZILDI VA NAZORATGA OLINDI
Gallery image 253602
Gallery image 253603
KARIYEV ABDUSUNNAT ABDULAXATOVICH
29 Sen 2026
10:55

MUAMMO MASʼULLAR EʼTIBORIGA YETKAZILDI VA NAZORATGA OLINDI

#deputat_faoliyati, #24_ta_muhim_masala

MUAMMO MASʼULLAR EʼTIBORIGA YETKAZILDI VA NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati Tuxtasinova Gavxaroy Muxammadovna tomonidan 20-Nurafshon saylov okrugida joylashgan mahallada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 martdagi "Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 226-son qarori talablariga rioya qilinish holati oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida Nurafshon mahallasi, Somonbozor 2 tor koʻchasida tabiiy gaz yetkazib berish quvurlarining oʻrnatilishi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining Buyrugʻi bilan tasdiqlangan "Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari" shaharsozlik normalari va qoidalariga (SHNQ 2.04.08-22) muvofiq emasligi, yaʼni quvurlar belgilangan meʼyordan past oʻrnatilgani, unga bolalar osilib oʻynab, oʻz sogʻliklari uchun xavf tugʻdiriyotgani aniqlandi.

Muammo "Bektemirtumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi rahbariyati eʼtiboriga yetkazildi va bartaraf etilishi nazoratga olindi.