Barcha yangiliklar
Issiqxona loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi
Gallery image 253549
Gallery image 253550
Gallery image 253551
Gallery image 253552
Gallery image 253553
Gallery image 253554
Gallery image 253555
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
24 Sen 2026
10:03

Issiqxona loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi

Issiqxona loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi

O‘rganish davomida Bunyodkor MFY hududida amalga oshirilayotgan mazkur investitsiya loyihasining borishi bilan batafsil tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha uchun ajratilgan yer maydoni 30 gektarni tashkil etib, uning 15 gektar qismida issiqxona qurilishi amalga oshirilgan. Shuningdek, 1,5 gektar maydonga limon ko‘chatlari ekilgan.

Mas’ullar tomonidan loyiha doirasidagi ishlarni joriy yil dekabr oyiga qadar to‘liq yakunlash rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar “Turonbank” tomonidan ajratilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida loyiha doirasidagi ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.