Barcha yangiliklar
Maktab kutubxonasidagi sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 253531
Gallery image 253532
Gallery image 253533
Gallery image 253534
Gallery image 253535
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
24 Sen 2026
09:59

Maktab kutubxonasidagi sharoitlar o‘rganildi

Maktab kutubxonasidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan saylangan hudud — Bunyodkor MFYdagi 4-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan kutubxona faoliyati Kengash mutaxassisi T. Murodov bilan birgalikda o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitoblardan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxonadan foydalanish jarayoni bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlikka qiziqishini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Bunday sharoitlarning yaratilishi yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini oshirish hamda Yangi O‘zbekiston qiyofasini yaratishda faol ishtirok etadigan bilimli va ma’rifatli avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.