Barcha yangiliklar
Maktabdagi IT va robototexnika xonalari o‘rganildi
Gallery image 253492
Gallery image 253493
Gallery image 253494
Gallery image 253495
Gallery image 253496
Gallery image 253497
Gallery image 253498
Gallery image 253499
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
28 Sen 2026
09:47

Maktabdagi IT va robototexnika xonalari o‘rganildi

Maktabdagi IT va robototexnika xonalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar, xususan, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilib, maktabdagi AT va robototexnika xonalarining jihozlanganlik holati, kompyuterlar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi hamda ulardan o‘quvchilar foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning IT, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish, zamonaviy kasblarni egallashi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganishlar “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlash hamda maktabdagi mavjud masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida olib borildi.