Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
Gallery image 253486
Gallery image 253487
Gallery image 253488
Gallery image 253489
Gallery image 253490
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
25 Apr 2026
09:48

Deputat tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

Deputat tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Narimon Dehqonov tomonidan Uychi tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📍 Bugungi o‘rganishlar davomida tumanning “Obod” va “Yorkatay” mahallalarida yoshlar oldida turgan dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek:

mahallalarda yoshlarni sport, madaniyat va san’atga jalb etish imkoniyatlari;

foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan binolar holati;

barqaror daromadga ega bo‘lmagan, biroq norasmiy band bo‘lgan yoshlarning rejalari va ehtiyojlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish natijalari asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlar belgilash rejalashtirilmoqda.

✍️ Yoshlar muammolariga yechim topish — jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.