Barcha yangiliklar
Qoratepa arxeologiya yodgorligi o‘rganildi
Gallery image 253477
Gallery image 253478
Gallery image 253479
Gallery image 253480
Gallery image 253481
Gallery image 253482
Gallery image 253483
Gallery image 253484
Gallery image 253485
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
28 Sen 2026
09:47

Qoratepa arxeologiya yodgorligi o‘rganildi

Qoratepa arxeologiya yodgorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Qoratepa buddizm inshooti — arxeologiya yodgorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida yodgorlikning saqlanish holati, muhofazasi, hududni obodonlashtirish hamda tarixiy-madaniy meros obyektidan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, madaniy meros obyektini asrab-avaylash, uning tarixiy qiyofasini saqlash va kelajak avlodga yetkazish, hududda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish holatini nazorat qilish maqsadida amalga oshirildi.

Qoratepa kabi noyob tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash Termiz tumanining boy tarixiy-madaniy merosini kelajak avlodga yetkazish va hududning turizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.