Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar holati o‘rganildi
Gallery image 253464
Gallery image 253465
Gallery image 253466
Gallery image 253467
Gallery image 253468
Gallery image 253469
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
28 Sen 2026
09:45

Ko‘p qavatli uylardagi liftlar holati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylardagi liftlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi ko‘p qavatli uylarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘rnatilgan liftlarning ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov tomonidan amalga oshirilib, liftlarning ishlash holati, texnik sozligi, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va ulardan foydalanishdagi qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning liftlar faoliyati yuzasidan fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, aholi uchun yaratilgan infratuzilma va qulayliklardan foydalanish holatini o‘rganish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida olib borildi.