Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 30584
Gallery image 30585
Gallery image 30586
Gallery image 30587
Gallery image 30588
Gallery image 30589
Gallery image 30590
Gallery image 30591
Gallery image 30592
Gallery image 30593
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
28 Fev 2025
16:30

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuvlar chog‘ida qurilish sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ta’lim tizimidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar ko‘tarildi. Mahalliy tadbirkorlar biznesni kengaytirish uchun imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. 

Tadbir davomida o‘z honadonida baliqchilik, quyonchilik, issiqxona kabi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi holidan ham xabar oldi.

Deputat har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, tegishli idoralar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan takliflar umumlashtirilib, ular ustida ish olib borilishi bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganishlarda viloyat hamda tuman Kengashi deputatlari ham hamrohlik qilishdi.