Barcha yangiliklar
Bozorda tartib va nazorat — barqarorlik garovi
Gallery image 253430
Gallery image 253431
Gallery image 253432
Gallery image 253433
Gallery image 253434
Gallery image 253435
Gallery image 253436
Gallery image 253437
Gallery image 253438
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
24 Apr 2026
09:32

Bozorda tartib va nazorat — barqarorlik garovi

Bozorda tartib va nazorat — barqarorlik garovi

Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov “Chorsu dehqon universal bozori”da olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida bozorda narx-navoni barqaror saqlash, savdo jarayonlarini raqamlashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda noqonuniy savdo rastalarini tartibga keltirish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shahar Kengashi deputati, hokim tomonidan savdo madaniyatini oshirish, aholiga qulay sharoit yaratish, shaffoflikni ta’minlash hamda tartib-intizomni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganish bozorlarda tartib va nazoratni mustahkamlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda zamonaviy savdo tizimini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.