Barcha yangiliklar
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 253402
Gallery image 253403
Gallery image 253404
Gallery image 253405
Gallery image 253406
Gallery image 253407
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
25 Sen 2026
09:31

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi doimiy komissiya a’zolari tomonidan navbatdagi sessiya oldidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovi, ehtiyojmand fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, ehtiyojmand aholini zarur ko‘mak bilan ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, markaz faoliyatiga oid ma’lumotlar navbatdagi sessiyada muhokama qilish uchun tayyorlandi.