Barcha yangiliklar
Mehnat ortidan kelayotgan baraka
Gallery image 253369
Gallery image 253370
Gallery image 253371
Gallery image 253372
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
25 Sen 2026
09:24

Mehnat ortidan kelayotgan baraka

Mehnat ortidan kelayotgan baraka

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G.Shafoatova o‘zi saylangan Yangihayot MFY hududida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning xonadoniga tashrif buyurib, uning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Suhbat davomida fuqaroning tikuvchilik sohasidagi faoliyati, buyurtmalar asosida mahsulot tayyorlashi, kasb orqali daromad topishi hamda kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.

O‘z mehnati bilan oilasiga daromad keltirib, hunarini rivojlantirib borayotgan fuqaroning faoliyati mehnatsevarlik va tadbirkorlikka intilishning yaxshi namunasi sifatida e’tirof etildi.

Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, imkoniyatlardan samarali foydalanish va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Hunar — daromad manbai, mehnat esa farovonlik garovidir.