Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
Gallery image 253156
Gallery image 253157
Gallery image 253158
Gallery image 253159
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
28 Sen 2026
19:08

DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan 1-Uvaysiy saylov okrugidagi Marg‘ilon shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida foydalanilmayotgan, yaroqsiz holga kelgan suv saqlash havzalari yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘roviga Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan javob xati kelib tushdi.

Unda deputatning 2026-yil 15-sentabrdagi 119-ds-292-26-sonli deputat so‘rovi xatiga asosan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilgani ma’lum qilingan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi foto materiallar ham javob xatiga ilova qilingan.

Mazkur masala o‘quvchilar xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgani bois, aniqlangan holat va ko‘rilgan choralar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.