Barcha yangiliklar
Namangan shahar Kengashi deputati A. Nasriddinov hududda o‘rganish olib bordi
Gallery image 252980
Gallery image 252981
Gallery image 252982
Gallery image 252983
Gallery image 252984
Gallery image 252985
Gallery image 252986
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
23 Apr 2026
17:25

Namangan shahar Kengashi deputati A. Nasriddinov hududda o‘rganish olib bordi

Namangan shahar Kengashi deputati A. Nasriddinov hududda o‘rganish olib bordi

Namangan shahar Kengashi deputati A. Nasriddinov o‘zi saylangan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xususan, Namangan shahridagi Marg‘ilon MFY bugungi kunda muammoli hududlardan biri ekanligi sababli o‘rganishlarning asosiy yo‘nalishiga aylandi. Mazkur mahalla davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, Respublika byudjetidan 2 mlrd so‘m hamda mahalliy byudjetdan 1 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan:

2,6 km ichki yo‘llarni asfaltlash,

7,1 km SIP kabellar tortish va yoritish tizimini yangilash,

110 dona beton tayanch ustunlar o‘rnatish,

400 kVA quvvatli transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Istiqlol javohiri” MCHJ tender savdolarida g‘olib bo‘lib, joriy yilning 20-aprelidan boshlab qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlagan.

Deputat hududda olib borilayotgan ishlar bevosita nazoratga olinishi hamda barcha ishlar sifatli bajarilishi yuzasidan saylovchilarga tushuntirish berdi.