Barcha yangiliklar
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
Gallery image 252959
Gallery image 252960
Gallery image 252961
Gallery image 252962
Gallery image 252963
Gallery image 252964
Gallery image 252965
Gallery image 252966
Gallery image 252967
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
28 Sen 2026
17:21

Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N.Elchiyeva, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova, kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, tuman Kengashi deputatlari hamda tuman hokimi o‘rinbosari O‘.Bltaboyevlar tuman hokimligida tashkil etilgan “Shtab” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ O‘rganishlar davomida “Shtab” tomonidan barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar va belgilangan topshiriqlar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

💬 Muloqot chog‘ida hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda yuklatilgan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.