Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 252930
Gallery image 252931
Gallery image 252932
Gallery image 252933
Gallery image 252934
Gallery image 252935
Gallery image 252936
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
28 Sen 2026
17:18

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari, ekspert guruhi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

✅ Yig‘ilish kun tartibidan tuman hokimligining “Tuman mahalliy budjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish to‘g‘risida”gi taklifini ko‘rib chiqish toʻgʻrisidagi masala o‘rin oldi.

✅ Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Azimjonovning hisoboti tinglandi. Masala doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar ko‘rib chiqildi.

✅ Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalani navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.