Barcha yangiliklar
Namanganda “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning shahar bosqichiga start berildi
Gallery image 252866
Gallery image 252867
Gallery image 252868
Gallery image 252869
Gallery image 252870
Gallery image 252871
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
22 Apr 2026
16:55

Namanganda “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning shahar bosqichiga start berildi

Namanganda “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning shahar bosqichiga start berildi

Namangan shahrida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasidagi adaptiv sport musobaqalarining shahar bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Ushbu musobaqa nogironligi bo‘lgan fuqarolarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ruhiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.

Ochilish marosimida Namangan shahar hokimi, deputat Ayubxon Kamalov boshchiligidagi mutasaddilar ishtirok etib, sportchilarga samimiy tilaklarini bildirdilar. Ular musobaqa qatnashchilariga kuch-g‘ayrat, qat’iyat va yorqin g‘alabalar tilab, bunday tadbirlar ijtimoiy birdamlik va inklyuziv muhitni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Mazkur musobaqalar sport orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarning o‘zini namoyon etishi, iqtidorini yuzaga chiqarishi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.