Barcha yangiliklar
Saylovchilar murojaati — amaliy yechimga aylandi
Gallery image 252786
Gallery image 252787
Gallery image 252788
Gallery image 252789
Gallery image 252790
Gallery image 252791
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
21 Apr 2026
16:29

Saylovchilar murojaati — amaliy yechimga aylandi

Saylovchilar murojaati — amaliy yechimga aylandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Shahnoza To‘raboyeva saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan mahalladagi zakaning ifloslanib, badbo‘y hidlar tarqalayotgani jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘layotgani ta’kidlanib, mazkur masala ochiq muhokamaga qo‘yildi.

Deputat murojaatni nazoratga olib, uchrashuvdan keyinoq muammo joyiga mutasaddi tashkilotlar — SES xodimlari hamda obodonlashtirish boshqarmasi vakillarini jalb etdi. Holat joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganilib, muammoning asosiy sababi xonadonlardan biridagi qassobxona chiqindi suvlari zakanga oqizilayotgani ekanligi aniqlandi.

Deputat aralashuvi bilan masala zudlik bilan hal etildi. Qassobxona chiqindi suvi oqizilayotgan tarmoq sement-beton qilinib, oqova suvning zakanga tushishi to‘liq bartaraf etildi.

Bu kabi amaliy ishlar aholi murojaatlariga befarq emaslik va muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.