Barcha yangiliklar
🚨 Deputat faoliyati: Jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashda oilaning roli muhokama qilindi
Gallery image 252782
Gallery image 252783
Gallery image 252784
Gallery image 252785
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
28 Sen 2026
16:28

🚨 Deputat faoliyati: Jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashda oilaning roli muhokama qilindi

🚨 Deputat faoliyati: Jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashda oilaning roli muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati F.Xatamov ishtirokida hududdagi ota-onalar bilan davra suhbati va uchrashuv o‘tkazildi.
Yig‘ilishda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ayniqsa, giyohvandlik va psixotrop moddalar savdosiga qarshi keskin kurashish masalalari dolzarb mavzu sifatida ko‘rib chiqildi.
Deputat o‘z nutqida farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfli oqimlardan asrash zarurligini alohida ta’kidladi. Yakunda ota-onalarni hushyorlikka chaqirib, bu borada mahalla va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.