Barcha yangiliklar
Buxoro viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida yoshlar qabuli o‘tkazildi.
Gallery image 2540
Gallery image 2541
Gallery image 2542
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
17 Iyun 2023
03:50

Buxoro viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida yoshlar qabuli o‘tkazildi.

 “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, viloyat
yoshlar agentligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ma’sul xodimlari tomonidan joriy yilning 17-iyun kuni joylarda yoshlarning tizimli muammolarini o‘rganish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar qabuli o‘tkazildi.


O‘tkazilgan yuzma-yuz qabul davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar tinglandi hamda bildirilgan har bir takliflar va muammolar
yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 

Mazkur yoshlar qabuli “Istiqlol-TV” teleradiokompaniyasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.