Barcha yangiliklar
Ehtiyojmand aholi holidan xabar olindi
Gallery image 252682
Gallery image 252683
Gallery image 252684
Gallery image 252685
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
21 Apr 2026
15:59

Ehtiyojmand aholi holidan xabar olindi

Ehtiyojmand aholi holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari Akmaljon Jalilov hamda Shahnoza To‘raboyeva saylov okrugidagi mahallalarda bo‘lib, 30 dan ortiq xonadonga tashrif buyurib, ehtiyojmand aholi holidan xabar oldilar.

Tashrif davomida fuqarolarning turmush sharoiti atroflicha o‘rganilib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.