Barcha yangiliklar
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
Gallery image 252661
Gallery image 252662
Gallery image 252663
Gallery image 252664
Gallery image 252665
Gallery image 252666
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
28 Sen 2026
15:54

Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi

 Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi

👩‍⚕️ Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Sayrob saylov okrugidan saylangan deputat, 8-sonli oilaviy poliklinika mudirasi Vohidova Barno Primqulovna tomonidan keksa, nogironligi bo‘lgan hamda yotib qolgan fuqarolar holidan xabar olindi.

🏠 Tashriflar davomida fuqarolarning uylariga chiqqan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Ularning salomatlik holati o‘rganilib, mavjud shikoyatlari tinglandi.

✅ Shuningdek, fuqarolarga salomatlik holatidan kelib chiqqan holda zarur tibbiy tavsiyalar berilib, ularning davolanish jarayonini nazorat qilish va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Ayniqsa, mustaqil ravishda tibbiy muassasaga borish imkoniyati cheklangan keksa, nogironligi bo‘lgan va yotib qolgan fuqarolarga tibbiy xizmatni bevosita xonadonlarida ko‘rsatish ularga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌿 Maqsad — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ularning salomatligini muntazam nazorat qilish hamda sifatli tibbiy yordamni aholi xonadonlariga yaqinlashtirish.