Barcha yangiliklar
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
Gallery image 252623
Gallery image 252624
Gallery image 252625
Gallery image 252626
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
28 Sen 2026
15:35

Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi

#kotibiyat_mudiri #kengash_qarori_ijrosi
🔹 Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Raximov tomonidan Navro'z mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori asosida qabul qilingan tuman Kengashining tegishli qarori ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida olib borilib, hududdagi ichki yo‘llarning holati hamda belgilangan ishlarning amalda bajarilishi nazorat qilindi.
🤝 O‘rganish yakunida hududdagi yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, amalga oshirilgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
✅Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐 E-Kengash.uz